Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Kichik miqyosdagi namoyishlarga ruxsat berildi

Kichik miqyosdagi namoyishlarga ruxsat berildi

Juma, 30 avgust kuni Qozog‘iston hukumati demokratiya tarafdori bo‘lgan yosh faollarga konstitusion islohotlarni talab qilgan kichik miqyosdagi ommaviy namoyishlar o‘tkazishga ruxsat berdi.

Yaqinda tashkil etilgan Oyan Qozog‘iston Uyg‘onish harakati a’zolari asosan, 20 yosh atrofidagi qozoqlardan tashkil topgan bo‘lib, ular Konstitusiya kunida Qozog‘istonning bir nechta shaharlarida kichik miqyosdagi mitinglar o‘tkazdi.

Bunda yoshlar Konstitusiyaning senzurani taqiqlovchi va namoyishlar erkinligini himoya qiladigan moddalari yozilgan plakatlarni ko‘tarib chiqishdi va bu mitinglarda polisiya ularni hibsga olishga urinmadi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyoning ushbu mamlakatida ommaviy noroziliklar noqonuniy hisoblanadi va polisiya muntazam ravishda oldin bo‘lib o‘tgan namoyishlarni tarqatib yuborardi. 

Mart oyida Qosim-Jo‘mart Toqayev prezidentlik lavozimini egallagach, shu kabi “yumshoq” siyosatning davom etishini va’da qildi.

Kiritildi: 15:14 01.09.2019. O'qildi: 1895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!