Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Kichik litrajli va tejamkor avtomobillar uchun bojlar oshirildi

Kichik litrajli va tejamkor avtomobillar uchun bojlar oshirildi

2,5 yil avval kichik litrajli avtomobillar importi uchun bojxona bojlari pasaytirilgan edi. Xususan,
— 1 000 kub sm gacha — 0%;
— 1 200 kub sm gacha — 5%.

Biroq mazkur imtiyozlar 2026 yil 1 yanvarda o‘z kuchini yo‘qotdi va yangi muddatga uzaytirilmadi.

Endi 1 yanvardan boshlab:
— ish hajmi 1 000 kub sm gacha bo‘lgan yangi yengil avtomobillar uchun
15% + har bir kub sm uchun 0,4 AQSh dollari;
— ish hajmi 1 200 kub sm gacha bo‘lgan yangi yengil avtomobillar uchun ham
15% + har bir kub sm uchun 0,4 AQSh dollari boj to‘lanadi.

📉 2,5 yil avval bojlarni pasaytirish ochiq va raqobatbardosh bozor sari qadam sifatida qabul qilingan edi. Ammo 2024 yildan boshlab avtomobil va elektromobil importi ma’muriy to‘siqlar orqali yana qimmatlasha boshladi va bu jarayon hali ham davom etmoqda.

Kiritildi: 18:03 06.01.2026. O'qildi: 782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!