Janubiy Koreyaning Kia Corp. avtomobil ishlab chiqaruvchisi 2025 yilda AQSh importiga tariflar tufayli 3,3 trillion von (2,3 milliard dollar) yo‘qotdi.
Kompaniyaning press-reliziga ko‘ra, faqat to‘rtinchi chorakdagi yo‘qotishlar taxminan 1 trillion vonni tashkil etdi.
Oktyabr-dekabr oylarida kompaniya daromadi 3,5 foizga o‘sib, 28,09 trillion vonga yetdi, chakana avtomobillar savdosi esa 1,6 foizga o‘sib, 776 000 taga yetdi.
Operasion foyda uchdan bir qismga kamayib, 1,84 trillion vonga yetdi, bu tahlilchilarning prognoziga nisbatan kamroq. To‘rtinchi chorakda sof foyda 15,5 foizga kamayib, 1,47 trillion vonga yetdi.
Kia aksiyalari 28 yanvar kuni 2,5 foizga pasaydi. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi yil boshidan beri 22,9 foijga oshdi.