Bugun 7 avgust, 2026 yil, juma

КИР

KFC, Evos va Oqtepa Lavash: qaysi biri ko‘proq soliq to‘ladi?

KFC, Evos va Oqtepa Lavash: qaysi biri ko‘proq soliq to‘ladi?

2026 yilning yanvar–iyun oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 23 148 ta yuridik shaxs tomonidan 1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.

Shundan 215,9 mlrd so‘m, ya’ni jami tushumning 21,4 foizi eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu korxonalarning jami tovar aylanmasi 2,8 trln so‘m, qo‘llangan soliq imtiyozlari esa 25 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar reytingida «INTERNATIONAL FOODCHAIN» MCHJ («KFC») 52,2 mlrd so‘m bilan birinchi, «MAK FOOD SERVIS» MCHJ («Evos») 41,4 mlrd so‘m bilan ikkinchi, «OQTEPA-FOOD SERVICE» MCHJ («Oqtepa Lavash») esa 20 mlrd so‘m bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Reytingda uchinchi o‘rinni «KETRING» MCHJ egallab, davlat byudjetiga 24,8 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Beshinchi pog‘onadan esa «BELLISSIMO PIZZA INTERNATIONAL» MCHJ 11,7 mlrd so‘m bilan joy olgan.

Keyingi o‘rinlarda «GOOD FOOD CATERING», «SAVDO», «FEEDUP ECO», «ALEXANDER BRANDS» va boshqa umumiy ovqatlanish sohasidagi korxonalar qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur 20 ta yirik soliq to‘lovchi sohadagi umumiy soliq tushumlarining salmoqli qismini ta’minlagan.

KFC, Evos va Oqtepa Lavash: qaysi biri ko‘proq soliq to‘ladi?

Eng yirik 20 ta korxona tomonidan to‘langan soliqlar tarkibida qo‘shilgan qiymat solig‘i yetakchilik qilib, uning hajmi 98,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 57,9 mlrd so‘m, ijtimoiy soliq bo‘yicha 28,2 mlrd so‘m, foyda solig‘i bo‘yicha 27,7 mlrd so‘m, boshqa soliqlar hisobiga esa 3,7 mlrd so‘m davlat byudjetiga yo‘naltirilgan.

Kiritildi: 17:00 06.08.2026. O'qildi: 416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!