Fiskal tahlillar instituti direktori o‘rinbosari Dilshod Sultonovning aytishicha, 1 foizlik keshbek tizimi chek so‘rash madaniyatini shakllantirish uchun vaqtinchalik joriy etilgan.
Uning ta’kidlashicha, hozirda qalbaki cheklar, chek savdosi va turli suiiste’mollar ko‘paygan. Yiliga keshbek uchun 150 mln dollar sarflanayotgan bo‘lib, bu mablag‘ evaziga 300 ta 120 o‘rinli bog‘cha qurish mumkin.