Bu haqda CNN Eron parlament komissiyasi a’zosi Muhsin Zangane so‘zlariga tayanib xabar bermoqda.
Uning aytishicha, daromadlar Eronga naqd pul, kriptovalyuta va tovar ayirboshlash shaklida tushyapti.
Bu to‘lovlarni yig‘ish va bo‘g‘ozdan o‘tish uchun ruxsatnomalar berish bilan maxsus organ — "Fors ko‘rfazi bo‘g‘ozi boshqarmasi" shug‘ullanadi.
May oyi boshidan buyon ushbu boshqarmaga turli kemalardan 300 dan ortiq so‘rov kelib tushgan bo‘lib, ularning aksariyati neft tankerlaridir. Bundan tashqari, u Eron o‘tayotgan kemalarga "navigasiya xizmatlari" ham ko‘rsatayotganini da’vo qilmoqda, deyiladi xabarda.