Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

«Keling, tug‘ilgan bolangizni o‘ldiramiz!»

«Keling, tug‘ilgan bolangizni o‘ldiramiz!»

Xavotirga tushgan ayol ginekolog huzuriga shoshilib kirdi:

— Doktor menda jiddiy muammo bor. Sizning yordamingiz kerak. Bolam tug‘ilganiga hali yil ham to‘lmadi, lekin men yana homiladorman. Bolalarimning yoshi deyarli teng bo‘lishini xohlamayman.

— Xo‘p. Xo‘sh, mendan nima yordam kerak sizga?!

— Mening homiladorligimni to‘xtatsangiz, ya’ni abort qilsangiz. Bu ish sizning qo‘lingizdan keladi!

Doktor bir oz sukut saqlab, shunday dedi:

— Menda bundan ham yaxshiroq fikr bor. Bu sizning fikringizdan ham yaxshi. Sog‘lig‘ingizga ham zarari yo‘q.

Ayol doktor uni tushinganidan xursand bo‘lib yuziga tabassum kirdi. Doktor gapida davom etdi:

— Men shunday narsani taklif qilamanki, sizga birdaniga ikkita farzandga qarash kerak bo‘lmaydi. Keling, dunyoga kelgan farzandingizni o‘ldiramiz. Shunda siz qorningizdagi farzand dunyoga kelgunicha biroz bo‘lsa ham dam olvolasiz. Nima farqi bor? Baribir, ikkita farzandingizdan bittasini o‘ldirishimiz kerak-ku… Dunyoga kelganini o‘ldirsak, sog‘lig‘ingizga ham xavf tug‘dirmaydi.

Ayol dahshatga tushib shunday dedi:

— Yo‘q, doktor! Bu axir dahshat-ku! Tirik farzandni o‘ldirish jinoyat-ku!

— To‘g‘ri, gapingizga qo‘shilaman. Lekin siz shu jinoyatga qo‘l urishga tayyor edingiz-ku! Nima farqi bor?! Qorindagi farzandni o‘ldirasizmi yoki dunyoga kelganinimi?! Baribir, ikkisi ham jinoyat-ku!

Ayol qilgan xatosini tushunib yig‘lab yubordi. Doktor esa uni noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarganidan xursand edi.

Kiritildi: 18:52 23.01.2020. O'qildi: 4621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!