Koreya hukumati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya prezidenti Li Chje Myon muzokaralari 14 sentyabrga belgilangan.
Li Chje Myon 15 sentyabr kuni Qozog‘iston va Turkmaniston prezidentlari bilan, 16 sentyabrda esa Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston rahbarlarining tashrifi davlat tashrifi, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlarining tashrifi esa rasmiy tashrif maqomiga ega.
16 sentyabr kuni “Markaziy Osiyo – Koreya” birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Koreya tomoni bu tadbirni xalqaro vaziyat noaniq bo‘lib turgan sharoitda strategik ahamiyati ortib borayotgan Markaziy Osiyo mintaqasi bilan diplomatik hamkorlikni kengaytirishda muhim qadam sifatida baholamoqda.