Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

“Keksayish — biz uchun baxt”. Jeki Chan salomatligidan xavotir olgan muxlislariga hammasi joyida ekanligini aytdi

“Keksayish — biz uchun baxt”. Jeki Chan salomatligidan xavotir olgan muxlislariga hammasi joyida ekanligini aytdi

Joriy yilning mart oyida gonkonglik aktyor Jeki Channing surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va ko‘plab foydalanuvchilar uning qarib qolganini ko‘rib, sevimli aktyorning sog‘lig‘idan tashvishga tushdi.

Jeki Chan o‘zining juda keksa ko‘ringan suratiga izoh berib, uning sog‘lig‘i haqida qayg‘urayotgan muxlislarini tinchlantirdi. Instagram sahifasidagi postda aktyor quyidagicha izoh qoldirdi:

“Bu shunchaki mening ishtirokimdagi so‘nggi film uchun obraz, xolos. Yangi filmda qahramon sochlari va soqoli oqargan qari inson ko‘rinishida bo‘lishi talab etilgan”, — deb yozadi Chan.

Shuningdek, aktyor muxlislaridan uning sog‘lig‘i haqida tashvishlanmaslikni so‘radi.

Mart oyida tarqalgan mazkur fotosuratda Jeki Chan yoshiga nisbatan ancha keksa ko‘ringani bois ijtimoiy tarmoqda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar bolalik xotiralari bilan bog‘liq aktyor qarigani haqida qayg‘uli izohlar yozdi, ba’zilar esa bu “Mo Sheng Jia Ting” nomli film uchun yangi obraz, deya taxmin qildi.

7 aprel kuni gonkonglik aktyor, ssenariynavis, rejissyor, operator, musiqachi, kaskadyor, jang san’ati ustasi va shunchaki ijobiy tomoshabin Jeki Chan 70 yoshga to‘ldi. Faoliyati davomida u 140 dan ortiq loyihalarda ishtirok etgan.

“Do‘stlarim 70 yoshga yetib kelganimni tez-tez eslatib turishardi. Bu gapni har eshitganda yuragim titrab ketar edi. Shunday paytlarda akam rejissyor Sammo Hunning so‘zlarini eslayman: Qarish biz uchun baxtdir. Bu ibora, ayniqsa, kaskadyorlar uchun xos. Biz ko‘pincha bunday omad har kimga ham kulib boqmasligini unutamiz”, — deya ta’kidlaydi Chan.

Shuningdek, Jeki Chan 62 yildan beri ushbu sohada o‘tkazgan har bir daqiqasini qadrlashini aytdi:

“Mana, bugun ham filmda suratga tushyapman va bundan juda baxtiyorman”, — deya qo‘chimcha qildi u.
Kiritildi: 17:54 13.04.2024. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!