Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Keksa fransuz Atlantika okeani bo‘ylab bochkada sayohatga jo‘nadi

Keksa fransuz Atlantika okeani bo‘ylab bochkada sayohatga jo‘nadi

Fransiyalik Jan-Jak Saven Atlantika okeani bo‘ylab dvigatelsiz, yelkan va eshkaklarsiz bochkada sayohatini boshladi.

Bir necha kundan 72 yoshini nishonlaydigan qariya o‘z sayohatini Kanar orollari tarkibiga kiruvchi El Yerro orolidan boshlagan. Sayyoh Karib orollariga 3 oydan keyin, ya’ni 2019 yil martigacha yetib borishni mo‘ljallamoqda.

Fransuz sayohatga otlangan bochkaning uzunligi 3 metrni, diametri 2 metrni, og‘irligi 450 kgni tashkil qiladi. U epoksid ko‘p qatlamli fanerdan ishlanib, zarg‘aldoq rangga bo‘yalgan. Bochkaning ichidagi 6 kvadrat metrlik joyda uxlash uchun kushetka, oshxona burchak mebeli, qarta uchun stol, buyumlar uchun joy, polda esa baliqlarni kuzatish uchun illyuminator bor.

Qariyaning aytishicha, uning sayohati ko‘ngildagidek boshlandi, kapsula soatiga 2-3 km tezlik bilan suzmoqda. Savenning aytishicha, u Yangi yilni nishonlash uchun o‘zi bilan Sauternes vinosi va fua-gra, 14 yanvarda esa 72 yoshini nishonlash uchun bordo vinosini olgan.

Sayyoh dengiz oqimi uni Karib orollari yoki Barbados oroliga olib borishiga umid qilmoqda. Biroq u sayohatini Martinika yoki Gvadelupa fransuz orollarida yakunlashni istamoqda.

Bu vaziyatda hujjatlar bilan yengilroq va bochkani tashish osonroq bo‘ladi , deb aytgan qariya.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 05:09 27.12.2018. O'qildi: 1563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!