Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

Kecha Nukusda o‘rtacha sutkalik havo harorati iqlimiy me’yordan 5 daraja past kuzatilgan bo‘lsa, Toshkentda 5 daraja yuqori bo‘ldi

Kecha Nukusda o‘rtacha sutkalik havo harorati iqlimiy me’yordan 5 daraja past kuzatilgan bo‘lsa, Toshkentda 5 daraja yuqori bo‘ldi

O‘zgidrometning uch tayanch meteorologik stansiyalarida kunlik ob—havo muhitini ko‘p yillik o‘rtachalashtirilgan iqlimiy ko‘rsatkichlar bilan solishtirib boruvchi portal ma’lumotlariga ko‘ra, kecha poytaxtda o‘rtacha sutkalik xarorat +32.2°S iliq bo‘lgan. Bu, shu kun uchun o‘rtacha ko‘p yillik me’yordan 5 daraja yuqori cheklanishdir. Samarqandda esa 3 daraja yuqori bo‘lgan.

Ko‘rinib turubdiki, bu ko‘rsatkichlar anomal issiqlik ko‘rsatkichlari emas. Ammo, poytaxt energetik tizim mazkur issiqlik to‘lqiniga tayyor emasligi ham ko‘rinib qoldi.

1055 dispecherlik xizmatiga poytaxtliklar tomonidan svetsizlik masalasi bilan bog‘liq shikoyatlar haddan tashqari ko‘paygan. Mas’ul tuzilmalar elektr energiyasi uzilishlari sabablarini ochiqlamasligi, tarmoqda tok yetishmovchiligi kuzatilayotgani va cheklovlar ko‘pchilikda tabiiy, inson qo‘li bilan kiritilayotganidek tasavvur uyg‘otmoqda.

Tushunarli-ki, bunday vaziyatda ko‘plab elektr generasiyalarimiz bitib foydalanishga topshirilguncha, aholi va xususiy sektor energetik tarmoqqa elektr energiya sotish amaliyotini tezroq joriy etishi kerak.

Kiritildi: 13:19 29.06.2024. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!