Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kazemiro Messi bilan jamoadosh bo‘ladi

Kazemiro Messi bilan jamoadosh bo‘ladi

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro «Inter Mayami»ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda. Braziliyalik futbolchi kelayotgan yozda «qizil iblislar» safini erkin agent sifatida tark etadi.

Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, «flamingolar» xavbekni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha ishlarni davom ettirishmoqda. 34 yoshli futbolchida faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlar ham bor, biroq u mart oyidan beri muzokaralar olib borayotgan Florida klubini afzal ko‘rmoqda.

Kazemiro 2022 yildan beri «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda futbolchi mankunianliklar safida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: Bugun 11:53. O'qildi: 168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!