Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

«Kazan Arena» stadionida 15 ming ro‘zador uchun dasturxon yoziladi

«Kazan Arena» stadionida 15 ming ro‘zador uchun dasturxon yoziladi

25 may kuni “Kazan arena” stadionida Rossiyadagi eng yirik iftor bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tatariston muftiysi Komil Samig‘ullin ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Islam.ru nashriga tayanib Azon internet nashri.

Shu kuni 15 ming ro‘zador uchun dasturxon yoziladi, iftorga Tataristonning turli hududlaridan 2,5 ming kishi kelishi kutilmoqda. Stadiondagi iftorga ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalar, imkoniyati cheklangan kishilar taklif etilgan. Shuningdek, jamoat va diniy tashkilotlar vakillari, Eron, Turkiya va Qozog‘iston konsullari qatnashadi. Bundan tashqari, stadion tashqarisida og‘iz ochish uchun 1000 ta lanchboks tarqatiladi.

Ommaviy iftorda 1158 nafar ko‘ngilli xizmat qiladi, ular tayyorgarlik ishlarini bugunoq boshlashadi.

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 06:34 21.05.2019. O'qildi: 1632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!