Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A’zamxon Bahromov vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A’zamxon Bahromov vafot etdi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A’zamxon Bahromov 19 oktyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, uning janozasi 19 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Marhumning o‘limi sabablari ochiqlanmagan.

Mehnat faoliyati davomida Vazirlar mahkamasida turli lavozimlarda ishlab kelgan A’zamxon Bahromov 2000—2001 yillarda bosh vazir kotibiyati mudiri, 2006—2008 yillarda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi, 2017 yilda Qo‘shrabot tumani hokimi, 2017 yildan hozirgi kunga qadar Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kiritildi: 10:41 19.10.2020. O'qildi: 3746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!