Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

«Katta tanishi»iga «orqa qilgan» surxondaryolik rahbar ishdan olindi

«Katta tanishi»iga «orqa qilgan» surxondaryolik rahbar ishdan olindi

Surxondaryo viloyati gazlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Erkin Murodov lavozimidan ozod etildi.

7news.uz ning yozishicha, Erkin Murodov ish faoliyatida mahalliychilik va tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingan.

Biroz avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Erkin Murodov o‘tkazgan majlislardan birida yozib olingan audio tarqalgandi. U o‘ziga hech kim daxl qilolmasligi va yuqorida o‘zini qo‘llaydigan katta tanishlari borligi haqida ochiq gapirgandi.

Qayd etish kerakki, 2018 yilning avgustida o‘tkazilgan O‘ztransgaz AJ hududiy gaz ta’minoti filiallari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor vaqtida ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun Surxondaryo viloyati gazlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Erkin Murodov bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgandi. Ammo u shundan keyin ham lavozimini saqlab qolayotgandi.

Kiritildi: 18:31 05.04.2019. O'qildi: 2900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!