Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kashmirdagi g‘alayonda 2 hind askari va 6 isyonchi halok bo‘ldi

Kashmirdagi g‘alayonda 2 hind askari va 6 isyonchi halok bo‘ldi

Kashmirda Hindiston hukumatiga qarshi ko‘tarilgan g‘alayon oqibatida ikki nafar hindistonlik askar hamda 6 isyonchi halok bo‘lgan. Bu haqda Kashmir polisiyasi bergan ma’lumotlarga asoslanib, Al Jazeera nashri xabar berdi.

Kashmir avtonom huquqidan ham, alohida konstitusiyasidan voz kechishiga to‘g‘ri keldi. Bunga javoban Kashmirdagi musulmon jamoalar Dehli hukumatini millatchilikda aybladi. Kashmir bo‘ylab noroziliklar to‘lqini ko‘tarildi.

Ushbu voqealardan so‘ng Hindistonga qarshi kayfiyat yuqori bo‘lgan Kashmirda xavfsizlik choralari misli ko‘rilmagan darajada kuchaytirildi. Mintaqa deyarli to‘liq harbiylashtirildi.

Hindiston hukumati Kashmirda ko‘tarilgan norozilik namoyishlari va isyonlarda muntazam ravishda Pokistonni ayblab keladi. Isyonchilar Islomoboddagi manbalardan pul va qurol olishini iddao qiladi. Pokiston bu boradagi o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etgan.

Kiritildi: 18:45 08.07.2024. O'qildi: 1206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!