Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Karmanada mahkumlar muddatidan avval ozod etildi

A A A
Karmanada mahkumlar muddatidan avval ozod etildi

Inson huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadi, insonning huquq va manfaatlarini himoyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tirof etilgan.

Mamlakatimizdagi bugungi sharoitda sud organlari vakolati doirasida ish ko‘rishni davom ettirmoqda, shu o‘rinda jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudi jamiyatimizda insonparvarlikka qaratilgan ishlarni amalga oshirib, shuningdek fuqarolarimizning sudga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish yo‘lida 2020 yil 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi JK 73-moddasi bilan bog‘liq bo‘lgan 6 nafar mahkumga nisbatan ishlarni ko‘rib chiqdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudi raisi J.Karimov "ANIQ.UZ"ga ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 73-moddasida mahkum jazoni o‘tash davrida o‘rnatilgan tartib-qoida talablarni bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan taqdirda jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Shu asosida, 6 nafar mahkum muqaddam jinoyat sodir etib, sodir etgan jinoyatlarini mohiyatini tushunib yetganligi, tuzalish yo‘liga kirib, ijtimoiy mehnatga nisbatan bo‘lgan munosabati ijobiy tomonga o‘zgarganligi, o‘rnatilgan tartib-qoida talablarni bajarib, mehnatga halol munosabatda bo‘lganligi bois, axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

 

 

Kiritildi: 12:56 22.04.2020. O'qildi: 3573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik