Buyuk Britaniya qiroli Karl III AQShga uyushtirgan davlat tashrifi davomida Oq uyning qayta ta’mirlanishi haqida hazillashdi.
Xususan, u Oq uyning Sharqiy qanoti bazmlar zali qurilishi uchun butunlay buzib tashlanganiga e’tibor qaratdi.
«Shuni aytishdan afsusdamanki, albatta, biz britanlar ham 1814 yilda Oq uyni „qayta loyihalash“ bo‘yicha o‘z kichik urinishimizni amalga oshirgan edik», — deb bayonot berdi Karl III.
Ma’lumot o‘rnida, 1814 yildagi ingliz-amerika urushi paytida Britaniya desanti Vashingtonni egallab olgan va boshqa binolar qatori Oq uyga ham o‘t qo‘ygan edi.