Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Karantin: yoshi 65dan oshgan shaxslarning ko‘chaga chiqishi taqiqlandi

Karantin: yoshi 65dan oshgan shaxslarning ko‘chaga chiqishi taqiqlandi

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 670 nafarga yetgan.

Turkiya hukumati koronavirus yuqtirish xavfi sababli yoshi 65dan oshgan shaxslarning ko‘chaga chiqishini taqiqladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

"Yakshanba soat 00.00dan boshlab yoshi 65dan oshgan hamda surunkali kasalliklari bo‘lgan shaxslarning ko‘chaga chiqishi va parklarda, bog‘larda hamda shunga o‘xshash ochiq maydonlarda sayr qilish taqiqlanadi", - deyiladi xabarda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 670 nafarga yetgan.

11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 koronavirusini pandemiya deb e’lon qildi. Butun dunyo bo‘yicha 234 mingdan ortiq kishi bu kasallikka chalindi, 10 mingga yaqin kishi vafot etdi.

Kiritildi: 02:29 22.03.2020. O'qildi: 4055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!