Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Karantin! Toshkentda qimorxona fosh bo‘ldi

Karantin! Toshkentda qimorxona fosh bo‘ldi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida xonadonida qimorxona tashkil qilgan shaxs “mijoz”lari va ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tumanning “O‘zbek” mahallasida yashovchi 61 yoshli B.E. xonadonida qonunga xilof ravishda, qolaversa, joriy qilingan cheklovlar va karantin qoidalariga amal qilmay 6 nafar shaxslar ishtirokida qimor o‘yini tashkil qilganligi aniqlandi. Qo‘lga olinganlar 50-60 yosh oralig‘idagi fuqarolar ekaniga nima deysiz?

Surishtiruv davomida xonadon egasi fuqaro B.E. qimor o‘ynashga sharoit yaratib berganligi evaziga har bir o‘yindan ma’lum miqdorda pul mablag‘i olib kelganligi oydinlashdi. Ushbu shaxslardan qimor o‘ynash uchun moslashtirilgan oshiqlar va boshqa anjomlar, shuningdek 850 AQSh dollari hamda 2 million 258 ming so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 14:55 08.08.2020. O'qildi: 2326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!