Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Karantin: Qashqadaryoda hokim savobli ishga qo‘l urdi

Karantin: Qashqadaryoda hokim savobli ishga qo‘l urdi

Koson tumani markaziy dehqon oziq-ovqat bozorida tuman hokimligi tomonidan katta xayrli ishga qo‘l urildi.

Kosonliklar uchun karantin davrida imkoniyat yaratish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorda arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda.

Tuman hokimi o‘rinbosari Sultonmurod Donayevning ma’lum qilishicha, bu xayrli ish doimiy ravishda amalga oshiriladi. Har kuni 3 tonna piyoz, 3 tonna kartoshka, 2 tonna sabzi mahsulotlari sotiladi.
Shuningdek, 500 kg mol go‘shti, 600 kg parranda go‘shti sotiladi.

Mahsulotlar narx-navosi haqida gapiradigan bo‘lsak, piyoz 2500 so‘m emas 1500 so‘m, kartoshka 4000 so‘m emas 3000 so‘m, sabzi 800 so‘m, mol go‘shti 35 ming so‘m, parranda go‘shti 16 ming 500 so‘mdan sotilmoqda.

Kiritildi: 18:27 28.03.2020. O'qildi: 3603 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!