Vladimir Putin Rossiyada "ishlamaydigan kunlar" tugaganini e’lon qildi. Endi har bir mintaqa qachon faol hayotga qaytishini mustaqil ravishda hal qiladi, ammo cheklovlarni olib tashlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bu haqda "Baza" xabar bermoqda.
Hokimiyat, Putinning so‘zlariga ko‘ra, ota-ona ishdan mahrum bo‘lgan bolali oilalarga yordam beradi.
Putin quyidagilarni taklif qildi:
— Bola parvarishi uchun beriladigan nafaqani ikki baravar oshirish – 6751 rublgacha.
— uch yoshga to‘lmagan bolalari bo‘lgan oilalarga oylik 5000 rubl miqdorida to‘lov to‘lash.
— 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bola uchun 10 ming rubl miqdorida bir martalik to‘lov berish.
Ushbu yordam 27 million kishini qamrab oladi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada ishsizlar soni 1 400 000 kishiga yetdi.