Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Karantin! Isroilda maktab va bog‘chalar yana yopildi

Karantin! Isroilda maktab va bog‘chalar yana yopildi

Isroil hukumati COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun 17 sentyabrdan maktablarda darslarni to‘xtatishga qaror qildi, deb yozadi TASS Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning idorasiga tayanib.

Belgilanganidek, bolalar bog‘chalari ham to‘xtatiladi.

O‘tgan kun davomida Isroilda 5 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasi aniqlandi, COVID-19ga chalinganlarning umumiy soni 170 mingga yaqinlashdi.

13 sentyabrda Isroil Vazirlar Mahkamasi mamlakatda uch hafta muddatga qat’iy karantinni qayta tiklashni ma’qulladi. 18 sentyabrdan boshlab fuqarolarga yana 500 metrdan uzoqroq masofada uzrli sabablarsiz chiqib ketish taqiqlanadi, shuningdek, binolarda 10 kishidan ko‘proq va ko‘chada 20 dan ortiq kishi bo‘lgan yig‘ilishlar taqiqlanadi. Davlat sektori tashkilotlarida ishchilarning yarmidan ko‘pi ishlamaydi va xususiy sektor korxonalariga tashrif buyuruvchilarni qabul qilish taqiqlanadi.

Isroil dunyodagi "umumiy karantinni qayta kiritgan" birinchi mamlakat bo‘ldi.

Kiritildi: 14:48 16.09.2020. O'qildi: 1741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!