Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Karantin davrida talabalarga stipendiya to‘lanadimi?

A A A
Karantin davrida talabalarga stipendiya to‘lanadimi?

Karantin davrida magistratura va bakalavriat bosqichi talabalariga stipendiya to‘lanadimi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov ushbu savolga quyidagicha javob berdi:

«Talabalarga avval qanday tizimda bo‘lgan bo‘lsa, shunday tizimda stipendiyalar berilishi davom ettiriladi. Faqat ta’til tufayli to‘lov turi o‘zgarish mumkin, ya’ni kimdir oldin naqd pul sifatida olgan bo‘lsa, ayrim talabalarimiz plastik kartochkasiga stipendiyalari tushirilishini ko‘proq xohlashgan. Shuning uchun, ularning roziligi asosida bevosita ularning plastik kartalariga tushirib beriladi.

Endi bunda ham bakalavriat, ham magistratura, ham tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qiyotgan barcha talabalarimizga belgilangan tartibda stipendiyalarini olish davom ettiriladi».

Kiritildi: 15:43 22.03.2020. O'qildi: 2844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik