Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Kanadaning 1939 yilgi yahudiy qochqinlarini qaytarib yuborilgani uchun Tryudo uzr so‘raydi

Kanadaning 1939 yilgi yahudiy qochqinlarini qaytarib yuborilgani uchun Tryudo uzr so‘raydi

Kanadaning bosh vaziri Jastin Tryudo o‘z davlati deyarli 80 yilcha avval 900 dan ziyod yahudiy qochqinini tashuvchi kemaga boshpana berishdan bosh tortgani uchun rasman uzr so‘radi.

1939 yil may oyida Germaniya okeani layneri MS ST-Luisda 900 nafardan ortiq yahudiylar Hamburgdan chiqib ketadi. Ular o‘zlariga va oilalariga xavfsiz joy izlashgan va fashistlarning ta’qiblaridan qochishgan.

Kuba, AQSH, Kanada va bir necha davlatlar qochqinlarni olib kelgan kemani Yevropaga qaytarib yuboradi. 

Tarixchilar va Amerika yahudiylari mushtarak birlashma qo‘mitasi (JDC) ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan 255 tasi Ikkinchi jahon urushida o‘ldirilgan, ularning aksariyati konsentrasion lagerlarda vafot etgan.

Manba: azon. uz

Kiritildi: 00:15 10.11.2018. O'qildi: 1243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!