Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kanada Ukrainaga qurollanish uchun 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratadi

A A A
Kanada Ukrainaga qurollanish uchun 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratadi

Kanada Bosh vaziri Mark Karni bugun, 24 avgust kuni Kiyevga birinchi tashrifi chog‘ida Ukrainaga dronlar, o‘q-dorilar va zirhli texnikalar yetkazib berish uchun 1 milliard dollar ajratilishini ma’lum qildi

Mark Karni bu haqda bugun Kiyevda o‘tkazilgan Ukraina Mustaqilligi kuni tadbirlari chog‘ida e’lon qildi.

Kanada hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra bu qurollar sentyabr oyida Ukrainaga yetkaziladi.

"Katta yettilik"ning iyun oyidagi sammitida Kanada qo‘shimcha 2 mlrd dollar harbiy yordam va’da qildi. Bugun men faxr bilan e’lon qilamanki, ushbu mablag‘ning 1 milliarddan ortig‘i kelgusi oyda yetib keladigan dronlar, o‘q-dorilar va zirhli texnikalarni yetkazib berish orqali asosiy qurollaringizni kuchaytirishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, biz shoshilinch tibbiy yordam, bomba boshpanalarini yaratish, Ukrainada mahalliy demokratiyani kuchaytirish, jumladan, kiberhujumlarga qarshi kurashish uchun o‘nlab millionlarni taqdim etamiz," - dedi u.

Kiritildi: 21:35 24.08.2025. O'qildi: 609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!