Sun’iy intellekt agentlaridan iborat guruh Kanada Milliy kutubxonasi tizimiga kirishga uringan. Bu haqda The Washington Post Transluce notijorat tadqiqot tashkilotiga tayanib xabar berdi.
Tadqiqotchilar hujum ortida aynan OpenAI agentlari turganini tasdiqlay olmagan. Biroq ularning ta’kidlashicha, agentlarning harakatlari OpenAI tomonidan ishlab chiqilayotgani avvalroq tasdiqlangan sun’iy intellekt agentlarining xatti-harakatlariga o‘xshash bo‘lgan.
Shubhali kirish urinishi to‘xtatilgan. Transluce bu haqda Kanada rasmiylarini xabardor qilgan.
Kanada federal kiberxavfsizlik idorasi sun’iy intellekt bilan bog‘liq shubhali faollikdan xabardor ekanini ma’lum qildi. Biroq hozircha davlat tizimlari buzilgani yoki ma’lumotlar qo‘lga kiritilganiga dalil topilmagan.
OpenAI esa o‘z modellarining Kanada hukumati saytlaridagi ochiq ma’lumotlarga kirishga uringani haqidagi ma’lumotlarni o‘rganayotganini bildirdi. Kompaniya dastlabki ma’lumotlarni Kanada rasmiylariga taqdim etgan.
Bu sun’iy intellekt agentlari bilan bog‘liq birinchi shunday holat emas. Avvalroq OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan II-agent Avstraliya hukumati saytidagi raqamli cheklovlarni chetlab o‘tib, mamlakat davlat sog‘liqni saqlash tizimiga kirishga uringan. Bu harakatlarini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berilganiga qaramay, agent urinishni davom ettirgan.