Bugun 28 avgust, 2026 yil, juma

КИР

«Kamp Nou» 2029 yilgi Chempionlar ligasi finaliga asosiy da’vogar

«Kamp Nou» 2029 yilgi Chempionlar ligasi finaliga asosiy da’vogar

«Kamp Nou» stadioni 2029 yilgi Chempionlar ligasi finalini qabul qilish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Bu haqda derbyderbyderby.it Ispaniyaning Mundo Deportivo nashriga tayanib xabar berdi.

Kataloniyadagi stadionning asosiy raqobatchisi Londondagi afsonaviy «Uembli» hisoblanadi. Mezbon stadion bo‘yicha yakuniy qaror 15 sentyabr kuni, UYEFA ijroqo‘mitasining Gresiyaning Saloniki shahrida o‘tadigan yig‘ilishida qabul qilinishi kutilmoqda.

«Kamp Nou» avval ham Chempionlar ligasi finallariga mezbonlik qilgan. Eng mashhur finallardan biri 1999 yil may oyida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda «Manchester Yunayted» «Bavariya»ni dramatik tarzda mag‘lub etgan, manchesterliklar o‘yin so‘ngida vaziyatni o‘z foydasiga burib, g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:56. O'qildi: 157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!