Britaniya shahzodasi Charlzning rafiqasi Kornuol gersoginyasi Kamilla eri taxtga o‘tirganida Qirolicha bo‘lishi mumkin.
Bu haqida shaxsan Yelizaveta II o‘z hukmronligining 70 yilligiga bag‘ishlangan murojaatida ma’lum qildi
An’anaga ko‘ra, hukmronlik qilayotgan Britaniya qirollarining turmush o‘rtoqlari shunchaki "qirolichalar" deb ataladi, ammo Kamilla Charlz bilan munosabatlarining murakkab tarixi tufayli uzoq vaqt davomida alohida bo‘lgan.
Uels shahzodasining nikohdan tashqari munosabatlari, oxir-oqibat malika Diana bilan ajrashishiga olib keldi, Kamilla imijiga ta’sir qilmay qolmadi.
Er-xotin oxir-oqibat turmush qurgandan so‘ng - 2005 yilda - Kamilla "malika-konsort" deb nomlanishi e’lon qilindi.
Biroq, endi vaziyat o‘zgardi: Britaniya OAVlari merosxo‘rning 74 yoshli rafiqasi imidji o‘tgan yillar davomida jamoat hayoti va xayriya dasturlaridagi ishtiroki tufayli sezilarli darajada yaxshilangan deb hisoblashadi.