Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Kambodja Tailand bilan barcha chegaralarni yopdi

Kambodja Tailand bilan barcha chegaralarni yopdi

Kambodja Tailand bilan chegaradagi barcha o‘tish joylarini yopib qo‘ydi.

Bu haqda Kambodja ichki ishlar vazirligi bayonotiga tayanib, Khmer Times nashri xabar berdi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, bu qaror "chegarada oxirgi paytlarda Tailand tomoni Kambodja suverenitetiga qarshi tajovuzkor harakatlar sodir etgani munosabati bilan" qabul qilingan. Cheklov 13 dekabrdan noma’lum muddatga amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegara hududlarida jangovar harakatlar avj olgan edi. Tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda ayblashdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tailand chegaradagi to‘qnashuvlarda 14 nafar harbiy xizmatchisini yo‘qotgan, 120 dan ortiq kishi jarohat olgan. Kambodja rasmiylari esa 11 kishi halok bo‘lgan va 74 kishi jarohat olgan. Janglar tufayli Tailandning chegara provinsiyalarining 400 mingga yaqin aholisi evakuasiya qilingan, 300 mingdan ortiq kishi esa Kambodjadagi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: 09:20 14.12.2025. O'qildi: 470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!