Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Kamala Xarrisga yangi lavozim topshirildi

Kamala Xarrisga yangi lavozim topshirildi

AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris yana bir yangi lavozimga ega bo‘ldi. Ya’ni, u AQSh Milliy kosmik kengashining rahbari vazifasini bajaradigan bo‘ldi. Bu haqda siyosatchining o‘zi «Tvitteri»ida ma’lum qildi.

«Avval aytib o‘tganimdek, AQSh oyga intilmoqda, unga o‘z bayrog‘imizni o‘rnatamiz. Milliy kosmik kengashimizga rahbarlik qilish men uchun katta sharafdir», deya yozgan Xarris.

Xarris demokrat Jozef Baydenning davlat rahbari lavozimiga kirishishi bilan vise-prezident bo‘ldi. U AQSh tarixiga afroamerikalik va osiyolik birinchi vise-prezident sifatida kirdi. Bungacha Xarris Kaliforniya shtati Bosh prokurori, shuningdek, ushbu shtatdan senator bo‘lgan.

Kiritildi: 13:23 04.05.2021. O'qildi: 2326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!