Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kamala Harris Vashingtondagi uyini sotdi

A A A
Kamala Harris  Vashingtondagi uyini sotdi

AQSh vise-prezidenti Kamala Harris Vashingtondagi uyini 1,85 mln dollarga sotdi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Forbes xabar berdi.

Maydoni 1730 kv metr bo‘lgan uyni Harris va uning eri Dug Emhoff 2017 yilda 1,77 mln dollarga sotib olgandi.

Ular uyni aprelda 1,9 mln dollar narx bilan sotuvga qo‘ygandi. Iyulda uy narxi 1,85 mln dollarga tushdi.

Bu Harris vise-prezidentlik davrida sotgan ikkinchi uydir. Mart oyida u San-Fransiskodagi uyini 860 ming dollarga sotgandi.

Soliq deklarasiyalaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Harris va Emhoff 2020 yilda prezident Bayden va uning xotini Jildan ko‘ra ko‘proq pul topishgan. Baydenlar 607 ming, Harris va uning eri qariyb 1,7 mln dollar ishlagan.

Kiritildi: 20:27 03.10.2021. O'qildi: 2521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik