Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

“Kalamush qiz" aslida bormi?

“Kalamush qiz" aslida bormi?

Internetda chaqaloqligida onasi kanalizasiyaga tashlab ketgan va 17 yil kalamushlar bilan yashagan qiz haqidagi  suratlar bot-bot paydo bo‘lib turadi. Surat izohida aytilishicha, qizni kalamushlar asrab olishgan va katta qilishgan.

Albatta, olimlar tomonidan kalamushlar ko‘pgina jonivorlar singari begona kalamushlarning bolalarini asrab olib, katta qilishi haqida faktlar mavjud. 

Mazkur topilmani esa  internet foydalanuvchilari “XX1 asr mauglisi” deb atashgan.

Yana bir internet xabarda esa  ushbu qizaloq Muqaddas Quronni yirtib, toptagani uchun Alloh o‘sha zahoti uni kalamushga aylantirib qo‘ygan deyiladi.

Aslida esa mazkur surat fransiyalik  haykaltarosh Patrisiya Pikkinini ( Patricia Piccinini)ning "Leather Landscape" deb nomlangan ko‘rgazmasidan olingan. Patrisiya odamlarni xarakteri jihatidan hayvonlarga o‘xshatma qilib yasaydi va bu bilan insoniyat tirik tabiatning bir bo‘lagi ekanligini, hech bir jonivorni qiynash va o‘ldirishga haqi yo‘qligini aytishga harakat qiladi.

Kiritildi: 22:13 21.09.2020. O'qildi: 20943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!