Joriy yilning 4 iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri va "KAFIL SUG'URTA" AJ sug‘urta kompaniyasi Boshqaruv raisi tomonidan ta’lim fan va ishlab chiqarishning innovasion hamkorligini amalga oshirish asosida innovasion-korporativ hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida
- fan, ta’lim ishlab chiqarishning o‘zaro integrasiyasini ta’minlash;
- yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- talabalarni bandligiga ko‘maklashish va moliyaviy savodxonligini oshirish;
- sug‘urta bozoriga malakali kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik olib borish asosiy maqsad etib belgilangan.