Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Jurnalist va blogerlarni haqorat qilgan Rishton tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasidan ozod etildi

Jurnalist va blogerlarni haqorat qilgan Rishton tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasidan ozod etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Rishton tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U. Mamadaliyevning jurnalist va blogerlarni haqorat qilib, ularga bosim o‘tkazgani haqida audioxabar tarqaldi.
Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Husan Mamajonov mazkur holat bo‘yicha axborot berdi.

–-Rishton tumanining sobiq tibbiyot birlashmasi boshlig‘i telefon orqali suhbatida nomaqbul bo‘lgan, tizim rahbariga yarashmaydigan so‘zlarni aytgan. Bu tibbiyot xodimlarini, barchamizni noqulay holatga soldi. Buni tushunib yetgan birlashma boshlig‘i o‘sha kunning o‘zida “haqiqatdan ham xato ish qilib qo‘yganman, tan olaman, yoshlik qildim. Rahbar sifatida bu gaplarni aytmasligim kerak edi” degan fikrlarini bildirib, o‘z hohishi bilan ariza yozdi. Arizasi qanoatlantirilib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Blogerimiz uning harakatlaridan norozi bo‘lsa, belgilangan tartibda sud orqali hal qilsa maqsadga muvofiqdir.

Mazkur holat bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan munosabatda aytilishicha, audioxabarda keltirilgan ma’lumotlar yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda va ushbu holat nima sababdan yuz bergani aniqlashtirilib, shunga ko‘ra tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi. O‘rganishlar natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi jurnalistlar va blogerlarning professional faoliyatiga to‘sqinlik qiladigan har qanday holatlarni keskin qoralaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rishton tibbiyot birlashmasi boshlig‘i audioxabar tarqalgan kuni videomurojaat bilan chiqib, aytgan gaplari uchun uzr so‘ragan.

Kiritildi: 15:36 13.09.2021. O'qildi: 2978 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!