Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Juma kuniga taalluqli odoblar haqida

Juma kuniga taalluqli odoblar haqida

Bu odoblar o‘n beshta:

 1. Juma namoziga payshanba kuni va juma kechasidan tozalanish, kiyimlarni yuvish va kerakli narsalarni tayyorlash bilan hozirlik ko‘rish.

 2. Juma kuni g‘usl qilish - yuvinish. Imom Buxoriy va Muslimning "Sahih" kitoblarida rivoyat qilingan hadislar va boshqa asarlarda kelgan xabarlarga muvofiq yuvinishning eng afzal vaqti - juma namoziga borishdan biroz oldin g‘usl qilish.

 3. Badanini poklab ziynat berish, tirnoqlarini olish, misvoq ishlatib tishlarni tozalash, yuqorida zikr etilganidek kir-iflosliklarni badandan ketkazish kabi tozalik amallarini bajarish, xushbo‘yliklar surtish va eng yaxshi kiyimlarni kiyish.

 4. Juma namoziga erta, piyoda borish (buning iloji bo‘lsa, albatta - tarj.). Jome masjidiga tashqariga chiqquncha qadar unda e’tiqofda bo‘lishni niyat qilish.

 5. Odamlarning yelkasi osha o‘tmaslik, namozxonlar o‘rtasida bo‘sh joy bo‘lsa, shu yerdan o‘tish.

 6. Namoz o‘qiyotganlar oldidan aslo kesib o‘tmaslik.

 7. Birinchi safda turishga intilish. Agar imkon bo‘lmasa va e’tiroz eshitsa, oldingi qatoriga o‘tmaydi. Kechiksa, uzrli bo‘ladi.

 8. Imom hujrasidan chiqib, minbarga yo‘nalsa, nafl namoz o‘qishni va turli zikrlarni to‘xtatish hamda muazzinga javob bilan mashg‘ul bo‘lish, so‘ngra xutbani eshitish.

 9. Juma namozidan keyin ikki yo to‘rt, yoki olti rakat sunnat namozi o‘qish.

 10. Asr namozi ado etilgunga qadar masjidda turish. Agar shom namoziga qadar tursa, yanada afzal.

 11. Juma kunidagi duolar qabul bo‘ladigan muborak soatni qalb hozirligi va doimiy zikrlar bilan o‘tkazishga urinish.

12. Payg‘ambarimiz alayhissalomga salavot aytishni ko‘paytirish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar:

 "Kim juma kunida menga sakson marta salavot aytsa, Alloh taolo uning sakson yillik gunohlarini (sag‘iralarini) afv etur" (zaif hadis bo‘lib, uni Daylamiy "Musnad"ida keltirgan).

 Bunga istig‘for aytishni ham qo‘shish mumkin, zero bu kunda istig‘for aytish mustahabdir.

 13. Kahf surasini o‘qish.

 14. Imkon boricha juma kuni xayr-ehson va sadaqalar berish. Sadaqa-ehsonni masjid tashqarisida tarqatish kerak. Juma kuni "Tasbeh" namozini ado etish mustahab, (Hofiz Abul Hasan Maqdisiy va boshqalar bu haqdagi hadisni sahihga hukm etishgan).

 15. Juma kunida oxirat amallari bilan mashg‘ul bo‘lib dunyo ishlaridan xoli bo‘lish mustahab.

 

"Minhojul qosidin" kitobidan olindi.

Kiritildi: 06:05 23.08.2019. O'qildi: 4087 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!