Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ertaga, 6 iyul kuni Respublikada quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
Toshkentda havo harorati kechasi +22...+24, kunduzi +38...+40 daraja bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi. Biroz bulutli havo kuzatiladi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +21...+26, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi +24...+29, kunduzi +38...+43 daraja bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esib turadi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +24...+29, kunduzi +37...+42 darajagacha ko‘tariladi.
Mamlakat shimolida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi +23...+28, kunduzi +38...+43 daraja bo‘ladi.
Qamchiq dovoni va Chimyon tog‘li hududida havo kechasi +17...+22, kunduzi +27...+32 daraja bo‘lib, yomg‘ir yog‘maydi.
Manba: qalampir.uz