Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Julian Assanj qo‘lga olindi. Donald Tramp nega befarq?

Julian Assanj qo‘lga olindi. Donald Tramp nega befarq?

Davlat rahbari WikiLeaks haqida hech narsa bilmasligini aytdi.

  • Men WikiLeaks haqida hech narsa bilmayman. Bu menga talluqli mavzu emas, dedi u payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Assanjga qo‘yilgan ayblovlarga nisbatan fikri so‘ralganda: Mening fikrim yo‘q , deya javob berdi.

Qo‘shimcha qilib, bu harakatlarga aralashmasli va tegishli ko‘rsatmalarni bosh prokuror Barrga topshirganligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Julian Assanj yetti yil davomida Londondagi Ekvador elchixonasida yashirinib yurgan edi. U AQShga ekstradisiya qilinishdan qochib yurganining sababi, u maxfiy hujjatlarni tarqatib yuborgan. Bundan tashqari unga 35 yil qamoq jazosi belgilanishi mumkin.

Ekvador hukumati Wikileaks asoschisiga boshpanadan voz kechdi va 11 aprel kuni Assanjni qo‘lga olishdi.

Kiritildi: 10:11 12.04.2019. O'qildi: 1854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!