Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreysus koronavirus bilan kasallangan AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasiga tezroq sog‘ayishni tilab qoldi.
Bu haqda JSST rahbari o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
«Prezident Donald Tramp va Melaniya Trampga to‘liq va tezroq tiklanishni tilab qolaman », deb yozgan Gebreysus.
Avvalroq Tramp rafiqasi bilan birgalikda yordamchisida koronavirus aniqlangani sababli boshqalardan ajratilganligini ma’lum qilgan, keyinchalik esa o‘zlarida ham COVID-19 holati tasdiqlanganligi aytgan edi.