Tedros Gebreyesus Kongo va Ugandada virusning tarqalishi epidemiyaga qarshi kurash choralaridan ko‘ra tezroq sodir bo‘layotganini bildirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusini yuqtirib olganlikda gumon qilinayotganlar soni 900 nafardan oshgan. Virus qurboni bo‘lganlar esa 220 kishiga yetgan.
Vaziyatni Ebolaning ushbu shtammiga qarshi vaksinaning yo‘qligi va epidemiya tarqalgan hududlardagi xavfsizlik muammolari yanada murakkablashtirmoqda.
"Epidemiya o‘chog‘i hisoblangan Kongodagi Ituri provinsiyasida har to‘rtinchi odam gumanitar yordamga muhtoj, har beshinchi odam esa o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan", — dedi JSST rahbari.