Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan kasallanish bo‘yicha 906 ta gumon qilingan holat qayd etildi, shu jumladan, ayni damda tekshirilayotgan 223 ta o‘lim holati ham bor.
Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qildi.
Tashkilot mamlakatda Ebolaning «Bundibugio» shtammi avj olayotganini ta’kidlamoqda. Shuningdek, Ugandada ham alohida kasallanish holatlari aniqlangan.
Shu bilan birga, JSST virusning aynan mazkur variantiga qarshi tasdiqlangan vaksinalar yoki maxsus davolash usullari hozircha mavjud emasligini alohida ta’kidladi.