33 yoshli kubalik muhojir Denni Adan Gonsales Jorjiya shtatidagi Styuart hibsxonasida vafot etdi. AQShning Migrasiya va bojxona xizmati (ICE) ma’lumotiga ko‘ra, u 28 aprel kuni o‘z kamerasida hushsiz holatda topilgan va bir soat ichida o‘lim holati qayd etilgan. Rasmiylar bu voqeani o‘z joniga qasd qilish deb gumon qilmoqda.
Bu holat prezident Donald Trampning ommaviy deportasiya dasturi doirasida ko‘p sonli muhojirlarni hibsga olish siyosati fonida yuz berdi. ICE tomonidan hibsga olinganlar soni 2025 yildagi 40 mingdan 60 minggacha ko‘paygan va bu ko‘rsatkich yana oshishi kutilyapti. Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida hibsxonalarda 18 ta o‘lim holati qayd etildi, bu esa o‘tgan yilgi yigirma yillik eng yuqori ko‘rsatkichdan ham o‘tib ketishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.