AQSh prezidenti Jo Bayden harbiy jinoyatchilar, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ustidan sud o‘tkazilishiga chaqirdi.
Baydenning aytishicha, Ukrainaga bostirib kirish paytida sodir etilgan harbiy jinoyatlarga oid dalillar to‘planishi kerak.
"O‘tgan oy meni Putinni harbiy jinoyatchi deb ataganim uchun tanqid qilishdi. Buchada nima bo‘lganini ko‘rdingiz. Bu uning harbiy jinoyatchi ekanligini tasdiqlaydi", — dedi Bayden.