Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxlik erkak qo‘shnisini o‘marib, pullarni bankka topshirdi

A A A
Jizzaxlik erkak qo‘shnisini o‘marib, pullarni bankka topshirdi

Xalqimizda birovning haqi buyurmaydi degan gap bejiz aytilmagan. Ammo ba’zilar buni unutib, jinoyatga qo‘l urishadi. Barcha siri fosh bo‘lganda esa kech bo‘ladi.

"Xalq so‘zi onlayn"ning yozishicha, “Xalqaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi T. Usmonov boshqalardan bo‘lgan qarzini uzishning “antiqa” yo‘lini topdi. U bozorda aylanib yurgan chog‘ida hamqishlog‘i Muzaffar akaning qo‘lida anchagina pul ushlab turganini ko‘rib, uni o‘marishni maqsad qildi. Shu kuni kechasi M. Ergashevning uyiga yo‘l oladi. Uyda hech kim yo‘qligini aniqlagach, yashash xonadoniga kirib, pullarni qidira boshlaydi. U yotoqxonada saqlanayotgan temir seyfni ocha olmaganidan so‘ng, uni ko‘tarib chiqib, ijaraga olgan uyga olib borgan. Ertasi kuni seyfni buzib, uning ichidagi 6 ming 500 AQSh dollari 100 yevro, 100 Xitoy yuani, 1 ming Rossiya rubli, bir juft ayollar tilla sirg‘asi va tilla zanjiri, bir dona erkaklar tilla uzugi, bir dona ayollar tilla uzugini olib, talon-taroj qilgan. Bundan tashqari, T.Usmonov M.Ergashevning yashash xonadoni kadastr yig‘ma jildini, haydovchilik guvohnomasi va ogohlantirish talonini ham olib, bu hujjatlarni tog‘asining uyiga olib borib yashirgan. U 33 million so‘m pullarni bankka olib borib, omonatga topshirgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida T.Usmonovdan o‘g‘irlangan bir dona temir seyf, M.Ergashevga tegishli haydovchilik guvohnomasi, ogohlantirish taloni, uy hujjatlari, bir dona tilla zanjir va ATB “Agro bank” Shirin filiali tomonidan berilgan omonat daftarchasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Sud tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, T. Usmonovga 5 yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 12:20 28.11.2019. O'qildi: 2813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik