Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Jizzaxlik erkak IIB xodimini do‘pposladi

Jizzaxlik erkak IIB xodimini do‘pposladi

Jizzax shahrida yashovchi Tadjiqulov Yuriy (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) muqaddam jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish, jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatishda ifodalangan jinoyatlarni sodir etganligi sababli 2018 yilning o‘zida ikki marotaba sudlanib, jazo muddatini o‘tayotgan davrida ya’ni 2019 yil 3 aprel kuni tungi soat 22:20 larda ukasi YA.Tadjikulov bilan birga spirtli ichimlikdan mast holda Jizzax shahar Ittifoq mahallasidagi “Danaya” nomli oziq-ovqat hamda spirtli ichimliklar savdo do‘koni oldida fuqaro J.Yakubova (ismi sharifi o‘zgartirilgan) va L.Utkina (ismi-sharifi o‘zgatirilgan) bilan jamoat tartibini buzib, mayda bezorilik harakatlarini sodir etishayotgan vaqtida, shu hududga jamoat tartibini  saqlashlik uchun  biriktirilgan tungi xizmat vazifasini olib borayotgan Jizzax viloyat IIB PPX va JTSB xodimi CH.Malikov (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) va Y.Danishev (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) ularni ajratib, voqeaga aniqlik kiritish maqsadida, YU.Tadjikulovni o‘zlariga biriktirilgan “Neksiya” rusumli xizmat avtomashinasiga mindirishgan vaqtida, YU.Tadjikulov ushbu avtomashinaning orqa o‘ng oynasini sindirib, IIB xodimi CH.Malikovning qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, qasddan o‘ng ko‘z yuz qismiga qo‘li bilan urib tan jarohati yetkazgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizaning xulosasiga ko‘ra CH.Malikovning tanasida “o‘ng ko‘z yuqori va pastki qovoqda qontalash, yuqori lab sohasidagi lat yara va yumshoq to‘qimalar lat yeyishi” kabi tan jarohatlari borligi aniqlanib, og‘irlik darajasi bo‘yicha sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelmagan Yengil tan jarohati deb baholangan.

YU.Tadjikulov xatti-xarakati bilan O‘zbekiston Respublikasi JK 219-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan qarshilik ko‘rsatish, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatishda ifodalangan jinoyat sodir etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2019 yil 24 iyun kungi xukmi bilan YU.Tadjikulov xatti-xarakati bilan O‘zbekiston Respublikasi JK 219-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, JKni 60-moddasiga asosan 1 yil muddatga oxodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlandi, jazo qattiq tartibli kaloniyalarda o‘tashlik hamda YU.Tadjikulovdan Jizzax viloyat IIB PPX va JTSB foydasiga 157.719,2 so‘m moddiy zarar undirish belgilandi.

 

  E.Qarshiyev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining sudyasi 

Kiritildi: 17:05 02.07.2019. O'qildi: 1853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!