Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxdagi shifoxonada jinoyat sodir bo‘ldi

A A A
Jizzaxdagi shifoxonada jinoyat sodir bo‘ldi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Saroylik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.I. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, uyali aloqa vositasini o‘g‘irlatib qo‘yganligini ma’lum qilgan.

Arizada 2021 yil 7 iyul kuni noma’lum shaxs tomonidan Jizzax shahrining Kimyogar mahalla fuqarolar yig‘inidagi xususiy klinika xonasidan unga tegishli uyali aloqa vositasi olib chiqib ketilganligi bayon qilingandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat Sharof Rashidov tumanining Sharilloq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.I. tomonidan sodir qilingani aniqlanib, o‘g‘irlik buyum hujjatlashtirib olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 23:48 15.08.2021. O'qildi: 4359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik