Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Jizzaxdagi ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushdi

Jizzaxdagi ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushdi

Bugun Jizzaxdagi ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushdi, holat bo‘yicha viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi birlamchi ma’lumot berdi. 

Viloyat hokimligi Axborot xizmati taqdim etgan xabarga ko‘ra, bugun soat 17:15 lar atrofida Jizzax shahar Zilol mahallasi Mustaqillik ko‘chasida yangidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan biri qulab tushgan.

Hozirda voqea joyiga viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar va tibbiyot xodimlari yetib borishib, holatni o‘rganishmoqda. 

Jizzax viloyat favuqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, foydalanishga topshirilmagan mazkur bino 6 qavatli bo‘lib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati yashash uchun turarjoy, pastgi  2 qavati  noturarjoy dukuon sifatida qurilayotgan bo‘lgan. 

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

‼️ Holat yuzasidan to‘liq ma’lumot beriladi.
 

Kiritildi: 18:48 10.01.2021. O'qildi: 4828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!