Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxdagi "dahshatli falokat" videolavhasiga izoh berildi (VIDEO)

A A A
Jizzaxdagi "dahshatli falokat" videolavhasiga izoh berildi (VIDEO)

Joriy yilning 15 may kuni Jizzax viloyati, Zomin tumani hududidan o‘tgan 4R40 avtomobil yo‘lining 22 km.da haydovchi E.U. “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarayotib, yo‘lning chap tomoniga to‘xtash maqsadida qarama-qarshi harakatlangan va boshqaruvni yo‘qotib velosipedda harakatlanib ketayotgan haydovchi 1988 y.t. T.X.ni urib yuborib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 1986 y.t. D.Q.ga tegishli bo‘lgan “Neksiya-3” rusumli transport vositasiga urilgan. “Neksiya-3” avtomashinasi zarbdan orqaga harakatlanib to‘xtab turgan “Lasetti” rusumli transport vositasiga urilgan.

 

Natijada, velosiped haydovchisi 32 yoshli T.X. tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB YHXB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib ko‘rib chiqishlik uchun tuman sudiga yuborilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Zomin tuman sudining qarori bilan haydovchi E.U.ni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 133 va 137-moddalari bilan aybli deb topib, yetkazilgan zararni qoplash hamda unga nisbatan BHMning 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 13:36 20.06.2020. O'qildi: 14548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik