Jizzax shahridagi «Zebo» savdo markazining orqa tomonidagi chiqindi tashish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida xabar Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida chiqindi tashish shoxobchasida to‘plangan chiqindilar orasida yaroqsiz batareykalarning tashlanganligi va ularning qizishi natijasida yong‘in sodir bo‘lganligi aniqlandi. Amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etildi.
Mazkur hududga sanitar-tozalash xizmalarini ko‘rsatatyotgan «Eko-house» MCHJ mas’ullariga yong‘in yetarlicha bartaraf bo‘lgandan keyin chiqindilarni olib chiqib ketilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, savdo markazi tadbirkorlari o‘rtasida yaroqsiz batareyka chiqindilarini saralash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilganligi ma’lum qilindi.