Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Jizzaxda uka akasini, qaynuka kelinoyisini pichoqlab o‘ldirdi

Jizzaxda uka akasini, qaynuka kelinoyisini pichoqlab o‘ldirdi

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida qasddan odam o‘ldirish bilan bog‘liq ikki jinoyat sodir etildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 7 avgust kuni T.A. ukasi YU.T bilan tumandagi dala shiyponlarining birida spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal paytida YU.T akasi T.A.ga oshxona pichog‘i bilan tanasining yuz va boshqa sohalariga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda aka voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, 8 avgust kuni Zarbdor tumanidagi mahallalarning birida yashovchi ayol A.N. va uning qaynukasi A.S. o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan. Janjal paytida qaynuka kelinoyisi A.N.ga oshxona pichog‘i bilan tanasining turli qismlariga urib tan jarohati yetkazgani oqibatida ayol vafot etgan.

Qayd etilishicha, har ikki holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:28 11.08.2021. O'qildi: 5898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!